Yunusobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Saqlash
11:01 / 24.01.2022 706 0

Bohadir Abduvaliyev Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Bohadir Abduvaliyev 1968-yil 27-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 1992-yilda Toshkent davlat universitetini( hozirgi OʻzMU), 1995-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

 

1992-yildan hozirga qadar huquq-tartibot idoralarida turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, 2019-yildan Toshkent shahar prokurorining oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish