Jamiyat
Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi ekologuz kanalida Buxoroda toʻy stoli tirik baliqlar bilan bezatilgani, natijada ularning ayrimlari nobud boʻlgani xabar qilindi.
Maʼlum qilinishicha, Buxoro viloyatida joylashgan “Havas” toʻyxonasida 21-yanvar kuni oʻtkazilgan nikoh toʻyida, mehmonlar uchun yozilgan dasturxonlarda gazak uchun qoʻyilgan goʻsht mahsulotlari orasida ichimlik ichiladigan idishlarga 2 donadan tirik akvarium baliqlarini solib qoʻyishgan.
«Toʻyxonada 30 ta stol, unda har bir gazak idishiga ikki donadan baliq solingan boʻlib, jami 180 dona baliqning uvoliga qoldik. Baliqchalar solingan idishlarga ichimlik suvi solingan edi. Tabiiyki, ichimlik suvi xlorlangan boʻladi. Baliqlar esa bu suvda yashay olmaydi va oʻladi. Kecha ayrim stollardagi baliqchalar oʻlib boʻlgan edi.
2 soatlik toʻy uchun 180 ta dekorativ baliqchalarni qiynab, oʻlimiga sabab boʻlish, toʻy egasini obroʻsini oshirib, yoshlarni baxtli qiladimi? Aksincha, endigina oila qurayotgan yoshlarni oʻlgan baliqlarning uvoli tutmaydimi? Toʻy tugagach, tirik qolgan baliqlar (agar xlorli suvda tirik qolishsa?) nima qilinadi?», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, xabarda ushbu holat yuzasidan Buxoro shahar Ekologiya boshqarmasi, Ekopartiya viloyat boʻlimi chora koʻrishi soʻralgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q