Siyosat
Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha taqdimot bilan tanishdi. Lekin taqdimotdan koʻngli toʻlmaganini aytib, mutasaddilarni tanqid qildi. Bu haqida “Menimcha” koʻrsatuvida maʼlum qilindi.
«5 yilda 400 ta elektrobus olib kelamiz dedik, qachon keladi? Kimda nima takliflar bor? Shaharni birortasi tushunmaydi, shaharni ichida yurmaydi. Hammasi boyvachcha – mashinada yuradi», – dedi Prezident.
Davlat rahbari transport vaziri Ilhom Mahkamovning taqdimotidan koʻngli toʻlmaganini aytdi.
“Bilasanmi, menga bergan maʼlumoting boʻyicha birorta aniq raqam yoʻq. Faqat maslahat va tavsiya. Bu nima degan gap? Men sendan buni kutmagandim. Nega menga Toshkent boʻyicha alohida, tuman boʻyicha alohida (maʼlumot) bermaysan. Eng ogʻir tuman qaysi? Eng ogʻir bekat qaysi? Eng ogʻir tirbandlik qayerda? Odamlar bizdan qayerda najot kutmoqda? Bu narsa yoʻq menga bergan maʼlumotingda. Umumiy gap”, – dedi Prezident Ilhom Mahkamovga.
Shavkat Mirziyoyev taqdimotda shahar transport tizimini takomillashtirish boʻyicha muhim vazifalarni belgiladi va mutasaddilar aniq tashabbuslar bilan chiqishini taʼkidladi.
“6 oylikda nima qilamiz, 3 oylikda nima qilamiz, yil yakunidachi? «Yuring prezident, avtobusga mining” deb bir marshrutni koʻrsat, eng ogʻir hududingdan boshla. Men ham avtobusda yurishni xohlayman. Koʻz-koʻz qilish uchun emas, odamlarga xavfsiz, erkin, arzon va sifatli transport kerak», – deydi Prezident.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q