Jahon
Visual Capitalist tahlilchilari BMTning 2024-yilgi prognozlariga tayanib, dunyo demografiyasidagi ulkan siljishni ko‘rsatib berdi. Unga ko‘ra, 2026-yilda har 100 ta chaqaloqdan 49 tasi Osiyo, 36 tasi Afrika qit’asiga to‘g‘ri keladi.
Qit’alar bo‘yicha tahlilga e’tibor qaratilsa, Osiyo dunyoning eng yirik “bola bog‘chasi”dir. Garchi hozirgi paytda Xitoyda tug‘ilish kamayayotgan bo‘lsa-da, Hindiston va Janubiy Osiyo hisobiga tug‘ilishlar sonining qariyb yarmi(49 foiz) mazkur qit’aga taalluqli. Bu dunyo kelajagi va ishchi kuchi aynan shu qit’aga ko‘proq bog‘liq bo‘lishini anglatadi.
Keyingi o‘rinda Afrika bo‘lib(36 foiz), u eng tez o‘sayotgan mintaqa sanaladi. Kelajakda keltirilgan bu foiz yanada oshishi kutilmoqda.
Tug‘ilishning 7 foizi Lotin Amerikasiga tegishli. Bu qit’ada farzand ko‘rish barqaror bo‘lsa-da, lekin pasayish tendensiyasi bor.
Aholisi keksayib borayotgan Yevropada esa tug‘ilish darajasi tobora pasayib bormoqda. Hozirda chaqaloqlarning atigi 5 foizi shu qit’a davlatlarida tug‘ilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, shu omil sabab kelgusida ijtimoiy nafaqa tizimiga og‘irlik tushishi mumkin.
Shimoliy Amerikada bu ko‘rsatkich yanada past. Asosan immigratsiya hisobiga aholi sonini ushlab turgan qit’a hisobiga tug‘ilish hajmining 3 foizi to‘g‘ri keladi.
Aholi soni kamligi sababli eng kichik ulushga ega bo‘lgan Okeaniya davlatlarida esa ko‘rsatkich 1 foizdan kam.

Ahamiyatli jihati, tahlilchilar dunyo hamjamiyati sog‘liqni saqlash, ta’lim va oziq-ovqat xavfsizligi masalalarida asosiy e’tiborni Afrika va Janubiy Osiyoga qaratishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Ma’lumot uchun, asr oxiriga borib Afrika qit’asi tug‘ilish soni bo‘yicha Osiyoni ham ortda qoldirishi mumkin. Hozirda Nigeriya, Efiopiya va Kongo kabi davlatlar bu borada “dvigatel” vazifasini bajarmoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112162
Jamiyat
94844
Jamiyat
90914
Jamiyat
75700
Jamiyat
//
Izoh yo‘q