Jamiyat
Davlat va jamoat arbobi, mehnat faxriysi Rim Abdulovich Giniyatullin shu yilning 19-aprel kuni 83 yoshida vafot etdi.
Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev va T. Norboyeva, N. Ismoilov, A. Aripov, S. Turdiyev hamdardlik bildirdi.
Ma’lumot uchun, Rim Giniyatullin 1943-yil 18-sentyabrda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutini (hozirgi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti) muhandis-gidrotexnik yo‘nalishini tugatgan Giniyatullin mehnat faoliyatini O‘zbekiston qurilish vazirligida oddiy ishchi sifatida boshlab, keyinchalik ushbu vazirlikda usta, bosh muhandis vazifalarida xizmat qilgan.
U O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, bosh boshqarma boshlig‘i, suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Davlat reja qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Davlat agrosanoat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab, katta bilim va tajriba orttirgan. 1989–1996-yillarda esa melioratsiya va suv xo‘jaligi vaziri, 1996–1997-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda fidokorona mehnat qilib, mamlakatimizda suv va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish orqali yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan.
Giniyatullin Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasida turli rahbarlik vazifalarida ishlab, dengizning qurishi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni yumshatish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishda jonbozlik ko‘rsatgan.
Umrining so‘nggi yillarida u Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonlarida, xususan, ko‘pmillatli jamiyatimizda tinchlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, keksalar va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda faol ishtirok etdi.
Rim Giniyatullinning qilgan xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonlari, “Mehnat shuhrati” va “Do‘stlik” ordenlari bilan mukofotlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112161
Jamiyat
94844
Jamiyat
90914
Jamiyat
75700
Jamiyat
//
Izoh yo‘q