Jamiyat
Rossiya Federatsiyasining “Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar va amaldagi tartiblarga ko‘ra, chegara nazorati kuchaytirildi.
Endi Rossiyaga kirish yoki chiqishda mobil telefon, planshet, noutbuk kabi elektron qurilmalar ko‘zdan kechirilishi mumkin.
Migratsiya agentligining ma’lum qilishicha, chegara xodimlari qurilmaning tashqi ko‘rinishini tekshirish, zarur hollarda ko‘rsatishni talab qilish huquqiga ega.
Ta’kidlanishicha, bu tekshiruvlar hammaga emas, balki qoidabuzarlik gumoni bo‘lganda hamda xavfsizlik nuqtayi nazaridan zarur deb topilganda amalga oshiriladi.
Talablarga bo‘ysunmaslik jarima (5 000 – 7 000 rubl) yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa sabab bo‘lishi mumkin.
Xabarga ko‘ra, choralar xavfsizlikni kuchaytirish, terrorizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish maqsadida joriy etilgan.
“Safar oldidan gadjetlaringizdagi ma’lumotlarga e’tibor bering!” – deyiladi xabarda.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112414
Jamiyat
95073
Jamiyat
91287
Jamiyat
75984
Jamiyat
//
Izoh yo‘q