Amir Temir tavalludiga bag‘ishlab tilla va kumush tangalar sotuvga chiqarildi

Saqlash
11:59 / 10.04.2026 125 0

Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan maxsus esdalik tangalar muomalaga chiqarildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

 

Qayd qilinishicha, esdalik tangalari 31,1 gramm og‘irlikdagi sof oltin va kumushdan tayyorlangan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 ni tashkil etadi. Har bir tanga texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi maxsus sertifikat bilan sotuvga chiqariladi.

 

Esdalik tangalarning old tomonida Amir Temur portreti, Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Sohibqiron haykallari, shuningdek Oqsaroy va Amir Temur maqbarasi tasvirlangan. Tanga hoshiyasida “AMIR TEMUR TAVALLUDINING 690 YILLIGI” yozuvi hamda Sohibqiron yashagan yillar — 1336–1405 sanasi keltirilgan.

 

 

Tangalarning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi, nominal qiymati — 100 000 so‘m, shuningdek "O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" yozuvi aks ettirilgan. Pastki qismida tangalar zarb etilgan yil — 2026-yil ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, tanganing chap qismida metall turini anglatuvchi AU (oltin) yoki AG (kumush) belgisi, o‘ng tomonida esa uning og‘irligi — 31,1 gramm ko‘rsatilgan.

 

Shu bilan birga, tangalarning ayrim namunasida Amir Temur portreti bilan birga Oqsaroy va Amir Temur maqbarasi tasvirlari joylashtirilgan bo‘lib, orqa tomonida “Temur tuzuklari”dan hikmatli so‘zlar keltirilgan. Tanga hoshiyasida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi va pastki qismida Amir Temur bayrog‘idagi uch halqa belgisi aks ettirilgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//