Jahon
30-mart kuni Toshkentda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga aʼzo davlatlar kosmik agentliklari rahbarlarining 5-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Space Technology Conference 2026 tadbiri doirasida Oʻzbekiston, Turkiya, Qozogʻiston, Ozarbayjon va Qirgʻiziston, shuningdek, kuzatuvchi mamlakatlar Vengriya va Turkmaniston vakillari kosmik sohani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Texnologik sunʼiy yoʻldosh yaratish boʻyicha qoʻshma loyiha, Yerni masofadan zondlashni rivojlantirish, iqtisodiyotga kosmik texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va xususiy sektorning ishtiroki diqqat markazida boʻldi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda global kosmik iqtisodiyotning hajmi 500 milliard AQSH dollaridan oshgan boʻlib, 2030-yilga kelib 1 trillion dollarga yetishi prognoz qilinmoqda. Shu sababli ham TDTga aʼzo davlatlar uchun kosmik texnologiyalarni rivojlantirish strategik ahamiyatga ega. Aʼzo davlatlar umumiy hisobda 170 milliondan ortiq aholi va keng geografik hududni qamrab oladi, bu esa kosmik xizmatlar, xususan yer kuzatuvi, aloqa va navigatsiya texnologiyalarini rivojlantirishda katta imkoniyatlar yaratadi.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112417
Jamiyat
95075
Jamiyat
91289
Jamiyat
75987
Jamiyat
//
Izoh yo‘q