Jahon
“Hozir biz Yevropa va Xitoy o‘rtasidagi “boshi berk” mamlakatda yashayotgan bo‘lsak, Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li qurilishining yakunlanishi bilan biz tranzit davlatga aylanamiz”, dedi Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Norin tumanidagi Navro‘z bayramiga atalgan tabrik nutqida.

Unga ko‘ra, magistralning ishga tushirilishi 2030-yilga mo‘ljallanmoqda. Prezident qayd etishicha, ushbu yirik masshtabga ega loyihaning amalga oshirilishi – yangi tranzit aloqalarini taqdim etib, hududning xalqaro ahamiyatini oshiradi.
Logistik potensial nafaqat Norin hududida, balki butun Qirg‘iziston bo‘ylab oshadi: yuklarni yetkazish vaqti sezilarli qisqaradi, bu esa yangi bozorga chiqish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Prezident shuningdek, temir yo‘l bo‘ylab infratuzilmani rivojlantirish va savdo-logistik markazlarni barpo etish davr talabi ekanini ta'kidladi. Temir yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish - ichki aloqalarni mustahkamlab, qishloq xo‘jaligi va turizmga kuchli turtki beradi.
Mazkur temir yo‘lning qurilishi 2024-yilning 27-dekabr kuni boshlangan edi.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Madaniyat
Jahon
112032
Jamiyat
94721
Jamiyat
90732
Jamiyat
75541
Jamiyat
//
Izoh yo‘q