Jahon
28-fevral kuni Isroil va AQSh hujumlari oqibatida Eron oliy rahnamosi, mamlakatni 37 yildan buyon boshqarib kelayotgan 86 yoshli Oyatulloh Ali Xomanaiy halok boʻldi. Xomanaiydan tashqari uning qizi, kuyovi, nabirasi va kelini ham halok boʻlgan. Avvalroq bir qancha nashrlar, hatto, Donald Tramp ham Xomanaiyning oʻldirilgani, uning jasadi topilgani haqida xabar bergan, biroq Eron rasmiylari xabarni tasdiqlamagan edi.
Bundan tashqari, Isroil armiyasi Eronning yana yetti nafar yuqori martabali amaldori, xususan:
- Amir Ali Hojizoda — Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi havo-kosmik kuchlari qoʻmondoni;
- Ali Shamxoniy — Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshligʻi, Xomanaiy maslahatchisi;
- Husayn Salami — xavfsizlik yoʻnalishidagi yuqori lavozimli amaldor;
- Hasan Jaloliy — havo mudofaasi kuchlari qoʻmondoni;
- Muhsin Faxrizoda — mudofaa innovatsiyalari tashkiloti rahbari;
- “al-Anbiya” shtabi razvedka boshqarmasi rahbari (ismi ochiqlanmagan) halok boʻlganini maʼlum qilgan.
Voqelar rivoji
Kecha, 28-fevral kuni Isroil va AQSh Eron poytaxti Tehronga havo zarbalarini yuborib, uni “Ogohlantiruvchi hujum” deb atadi. Qisqa muddatda Eron ham javob raketalarini uchirdi. Eronning AQSh harbiy bazalariga bergan zarbasi hamda Isroilga uchirilgan raketalarning havo hududlarida toʻsib qolishga urinish sababli, Isroil va Erondan tashqari, BAA, Saudiya Arabistoni va Bahraynda ham portlashlar sodir boʻldi.
Ushbu hududlarda harbiy jangarilar bilan bir qatorda koʻplab tinch aholi ham jarohatlanib, vafot etdi. Harbiy obyektlardan tashqari turar joy va korxona hududlariga ham zarba kelib tushdi. Bu orada yaqin Sharqdagi bir qancha mamlakatlar havo hududini yopib, kirish va chiqish reyslari va aeroport faoliyati toʻxtatgan.
Ayni damda Eron oliy rahnamosining oʻlimi munosabati bilan mamlakatda 40 kunlik milliy motam va bir haftalik ta’til e’lon qilindi. Eronliklarni ayrimlari ushbu xabardan motam qilsa, boshqalari tantana bilan nishonlamoqda.
Oʻzbekiston TIV yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli mintaqadagi fuqarolarni xotirjam boʻlishga va ehtiyot choralariga amal qilishga chaqirdi.
Jahon
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
111508
Jamiyat
94619
Jamiyat
90596
Jamiyat
75005
Jamiyat
//
Izoh yo‘q