Jahon
13-yanvar kuni AQShning Pensilvaniya shtatida 11 yoshli bola undan Nintendo Switch oʻyinini olib qoʻyganligi uchun oʻz otasini otib oʻldirdi. Bu haqda The Guardianʼga tayanib Interfaks nashri xabar berdi.
Hodisa joyiga yetib borgan politsiya xodimlari bola onasiga otasini oʻldirgani haqida aytayotganini eshitgan. Oʻsha kuni bolaning tugʻilgan kuni boʻlgan va voqea uning ota-onasi uyquga ketgach sodir boʻlgan. Qayd etilishicha, bola ota-onasi bilan yaxshi kun oʻtkazgan, biroq unga uxlash kerakligi haqida aytilganida u “quyushqondan chiqqan”. Shundan keyin u ota-onasining xonasidagi stol tortmasidan undan olib qoʻyilgan oʻyinchoqni qidirayotgan vaqtda toʻpponcha yashiringan seyf kalitini, seyfdan boʻlsa pistoletni topadi. Bola qurolni oʻqlab, uyqudagi otasiga oʻq uzganini tan olgan.
Politsiyaning bolaga “otganingdan keyingi oqibatni anglayapsanmi?”, degan savoliga u qattiq jahl ustida boʻlgani va bunday boʻlishini oʻylamaganini aytgan. Unga umrbod qamoq jazosi belgilangani aytilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112748
Jamiyat
95425
Jamiyat
92215
Jamiyat
76547
Jamiyat
//
Izoh yo‘q