Insoniyatda stress, g‘azab va tushkunlik darajasi ortib bormoqda – Tadqiqot

Saqlash
17:46 / 23.02.2026 35 0

So‘nggi yillarda insoniyatning kayfiyati yomonlashib bormoqda. Jumladan, g‘azab, qayg‘u va stress darajalari doimiy ravishda oshmoqda. COVID-19 pandemiyasi esa bu salbiy holatni yanada kuchaytirdi. Biroq yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnoma xulosasiga ko‘ra, odamlarning hissiy holati yana pandemiyadan oldingi darajalarga qaytmoqda. Ko‘p yillar davomida tinimsiz o‘sib kelgan salbiy his-tuyg‘ular darajasi ba’zi hududlarda allaqachon pasayishni boshlagan.  Masalan, keraksiz salbiy hislar kamaygan.

 

Ammo bu yaxshilanish barcha hududlar uchun bir xil emas. Ya’ni boy davlatlarda g‘azab va boshqa salbiy hislar ancha kamaygan bo‘lsa, kambag‘alroq mamlakatlarda odamlar ko‘proq g‘azab, qayg‘u va tashvish haqida gapirmoqda. Stress darajasi esa sezilarli ko‘tarilgan. Bu ayniqda iqtisodiy inqiroz, siyosiy beqarorlik va urushlar davom etayotgan hududlarda yaqqol seziladi. 

 

Olimlarning ta’kidlashicha, inflyatsiya va narx-navoning ko‘tarilishi ham odamlarning kundalik stressiga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi.

 

Quyidagi chizmaga e’tibor berilsa, “eng baxtli” va “eng baxtsiz” nuqtalar o‘rtasidagi farq kattalashgani seziladi.

 

 

Ta’kidlanishicha, hozirda odamlar faqatgina shaxsiy muammolaridan emas, balki global noaniqliklardan ham ko‘proq xavotir olishmoqda. 

 

Mutaxassislar bunday global tushkunlik fonida inson o‘z ruhiy salomatligini asrashi uchun bir qator chora-tadbirlarni ko‘rishi zarurligini aytishmoqda. Bularga salbiy xabarlar oqimini cheklash, faqat o‘zi o‘zgartira oladigan narsalarga diqqat qaratish, do‘stlar va yaqinlar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish kabilardir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//