Jahon
Sankt Peterburgning Petrozovodskaya koʻchasidagi uylarga xizmat koʻrsatish kompaniyasi xodimi, 37 yoshli oʻzbekistonlik Xayrullo Ibodullayev 7-qavatdan boshi bilan tushib ketgan bolani qutqarib qolib, qahramonga aylandi. Bu haqda Fontanka.ru xabar berdi.
Unga koʻra, hodisa 22-fevral kuni kunduzgi soat 13:00 atrofida sodir boʻlgan. Autizm sindromi boʻlgan maktab yoshidagi bu bola xonasida yolgʻiz, onasi bergan planshet bilan band boʻlgan. Bir payt bola noaniq sababga koʻra oynani ochib, uning qarshisiga oʻtiradi. Uni koʻrgan qoʻshnilari baqira boshlaydi, buni pastda koʻcha supurayotgani Xayrullo Ibodullayev payqab qoladi.
Barcha guvohlar boladan ichkariga qaytib, oynani yopishini soʻraydi. Biroq qutqaruvchilar yetib ketgunicha bola oʻrnidan turib, toʻsiqni ushlab, romdan chiqib oladi. U bir muncha vaqt chidab turadi, biroq qutqaruvchilar yetib kelmaydi, ichkaridan ham hech kim chiqmaydi.
“Men yigʻlab, baqirdim, lekin hech kim bolani oynadan olmadi“, deydi Ibodullayev.
Oʻzbekistonlik oyna ostida, bola yiqilishi mumkin boʻlgan joyda uni qutqarishga tayyor turadi. Uning soʻzlariga koʻra, bola boshi bilan pastga qulaydi. Xodim boʻlsa (nashr ifodasiga koʻra) mukammal reaksiya bildirib, bolani mahkam ushlab qoladi va ikkisi ham asfaltga yiqiladi. Shundan keyin erkak bolani koʻtarib, asosiy eshik oldiga yuguradi. Dastlabki soniyalarda bola ogʻir va xirillab nafas oladi, biroq tez orada toʻliq nafas tiklanadi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bolaning 7-qavatdan yiqilishi oqibatida oyogʻi, qutqaruvchining boʻlsa qovurgʻalari singan.
.jpg)
Qayd etilishicha, bolaning otasi bir necha yil vafot etgan. Onasi biznes bilan shugʻullanadi. Bola ilgari oʻzini bunday tutmagani aytiladi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
111415
Jamiyat
94599
Jamiyat
90561
Jamiyat
74906
Jamiyat
//
Izoh yo‘q