Jahon
Janubiy Koreya va Markaziy Osiyoning Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirgʻiziston mamlakatlari oʻrtasidagi sammit 16−17-sentyabr kunlari Janubiy Koreyada boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Cho Xyonga tayanib Yonhap nashri xabar berdi.
Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Xyun tayyorgarlik yigʻilishida sammit mamlakatning mintaqadagi diplomatik mavqeini kengaytirish va avvalgi Mun Chje In hukumati tomonidan boshlangan “Yangi Shimoliy siyosat” tashabbusini mustahkamlash uchun muhim imkoniyat ekanini taʼkidladi.
Mazkur tashabbus Yevrosiyoda tinchlik va farovonlik konsepsiyasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Mun Chje In taʼkidlashicha, sammit nafaqat oʻzaro hamkorlikni mustahkamlaydi, balki taʼminot zanjirini diversifikatsiya qilish va mintaqadagi etnik koreys jamiyati bilan aloqa kabi sohalarda qoʻshma ishlar uchun ham asos yaratadi.
Madaniyat
Jamiyat
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112060
Jamiyat
94748
Jamiyat
90769
Jamiyat
75572
Jamiyat
//
Izoh yo‘q