Ilm-fan
16-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligi munosabati bilan “Boburnoma”ning qirgʻizcha tarjimasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga koʻra chop etilgan “Bobur asarlari lugʻati” va “Turkiy boburshunoslik” kitoblarining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
.jpg)
Tadbirda adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, tarjimon va muharrirlar, tadqiqotchi yoshlar va jurnalistlar, Qirgʻiziston elchixonasi vakillari, shuningdek, respublika va xorijiy mamlakatlardan bir qancha olim va mutaxassislar onlayn ishtirok etdi.
(3).jpg)
Tadbirni Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva ochib berdi. Shundan soʻng “Boburnoma”ning qirgʻizcha tarjimasi, “Bobur asarlari lugʻati” va “Turkiy boburshunoslik” kitoblari haqida Oʻzbekiston-Qirgʻiziston doʻstlik jamiyati rahbari, adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinov, Sharkshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyev, olim va jurnalist Toʻlanboy Qurbanov, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professorlar Suvon Meli hamda Rahimboy Jumaniyozov, tilshunos olim, professor Zulxumor Xolmanova, boburshunos Botirali Yoʻldoshev, “Boburnoma” asarining qirgʻiz tilidagi tarjimoni Xasiyat Bekmirzayeva, filologiya fanlari doktori Shuhrat Hayitovlar soʻzga chiqib ushbu kitoblarning ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi.
.jpg)
Tadbirda Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari dunyodagi 20 dan ortiq tilda, 40 dan ziyod variantda mavjudligi, asar turkiy tillardan turk, ozarbayjon, uygʻur va qozoq tillariga tarjima qilingani, qirgʻiz tilidagi ushbu tarjimasi esa qirgʻizistonlik boburshunos olima, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Xosiyat Bekmirzayeva tomonidan amalga oshirilgani qayd etildi.
Qirgʻizistonning “Ulu toolor” nashriyoti tomonidan chop etilgan ushbu tarjimaga bir guruh qirgʻiz va oʻzbek olimlar muharrirlik qilgan. Xususan, olim va jurnalist Toʻlanboy Qurbanov, qirgʻiz yozuvchisi Abibilla Pazilov adabiy tahrir ishlarini bajargan.
.jpg)
Kitobga Qirgʻiz Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi “Miras” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi, tarix fanlari nomzodi, professor Kiyas Moldoqosimov, Qirgʻiz Respublikasi Milliy fanlar akademiyasining akademigi, A.A.Altmishbayev nomidagi Falsafa instituti direktori, falsafa fanlari doktori, professor Nur Saralayev, shuningdek, Qirgʻiz Respublikasi Milliy fanlar akademiyasining A.A. Altmishbayev nomidagi Falsafa instituti boʻlim boshligʻi, filologiya fanlari nomzodi, tarix fanlari doktori, professor Sulayman Qayipov ilmiy taqrizchi sifatida qatnashgan.
“Boburnoma” asarining qirgʻizcha tarjimasiga Qirgʻiz Xalq yozuvchisi, TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev kirish soʻzi yozgan. Tarjimaning nashrdan chiqishida filologiya fanlari doktori, boburshunos olim Shuhrat Hayitov masʼul muharrirlik vazifasini bajargan hamda tarjimadan oʻrin olgan Bobur hayoti va faoliyatiga oid muhim ilmiy-tarixiy maʼlumotlar boʻlimini yozgan.
(1).jpg)
Taʼkidlanishicha, tarjima tahriri jarayonida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori Shuhrat Sirojiddinov, Bobur xalqaro jamoat fondi raisi Zokirjon Mashrabov, adabiyotshunos olim va tarjimon Zuhriddin Isomiddinov, filologiya fanlari doktori, professor Maqsud Asadov va dotsent Dilafruz Muhammadiyevalar ham ishtirok etgan.
.jpg)
Lugʻat, oʻzbek tili milliy korpusining tarixiy qatlamga oid lingvistik taʼminoti sifatida ham amaliy ahamiyatga egaligi, ilmiy xodimlar, oliy oʻquv yurtlari filologiya fakultetlari professor-oʻqituvchilari, talabalari va Bobur ijodi ixlosmandlariga moʻljallangan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111274
Jamiyat
94563
Jamiyat
90519
Jamiyat
74769
Jamiyat
//
Izoh yo‘q