Iqtisod
Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari va respublika hududidagi savdo komplekslarini Ramazon oyida narxlar barqarorligini ta’minlash muhimligi to‘g‘risida ogohlantirdi.
Xabarga ko‘ra, Ramazon oyi arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chakana savdo tarmoqlari va hududlardagi savdo komplekslariga yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida Qo‘mitani tezkor xabardor qilib borish, hamda yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirib borishlari bo‘yicha savdo tarmoqlariga ko‘rsatmalar yuborilgan.
“Raqobat qo‘mitasi xalqimiz uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash borasida o‘z vakolatlari doirasida zaruriy barcha choralarni ko‘rib borishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jahon
111255
Jamiyat
94561
Jamiyat
90510
Jamiyat
74743
Jamiyat
//
Izoh yo‘q