Sport
Parij shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli IJF Judo Awards marosimida O‘zbekiston Dzyudo Federatsiyasi loyihasi “Judo for Children Project of the Year” — “Yilning eng yaxshi bolalar loyihasi” nominatsiyasida rasman g‘olib deb topildi. Bu haqida Sport vazilrigi xabar berdi.
Xabarda bu shunchaki mukofot emas, bu kelajak chempionlarini tarbiyalash yo‘lidagi ulkan mehnat va tizimli yondashuvning e’tirofi ekani ta’kidlangan.
Mukofotni olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova qabul qilib olgan.
“Diyora Keldiyorovaning Parijdagi tarixiy g‘alabasi bugun davlat miqyosidagi sport tizimi uchun mustahkam poydevorga aylandi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, loyiha qizlarni dzyudoga faol jalb etish borasida ham eng yuqori bahoga sazovor bo‘lgan.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112438
Jamiyat
95099
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q