Sport
Abduqodir Husanov “Manchester City”ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 21 yoshli futbolchi muxlislar ovoz berish natijasiga ko‘ra, italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma hamda portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silvani ortda qoldirdi.
2026-yil yanvar oyiga kelib, Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi. Yoshko Gvardiol va Ruben Diashning jarohatlari fonida Pep Gvardiola unga ishonch bildirdi va o‘zbekistonlik futbolchi bu ishonchni to‘liq oqladi.
Husanov jamoa safida 8 ta uchrashuvdan 7 tasida asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi, yana bir bahsda esa 40 daqiqa o‘ynadi. Hozirda bu orqali Pep Gvardiolaning so‘nggi bahslarda eng ko‘p ishonch bildirayotgan shogirdi bo‘lib turibdi. Aksariyat bahslarda 7 balldan yuqori bahoga loyiq ko‘rildi. Ushbu o‘yinlarning 3 tasida “Manchester Siti” darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi.

Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112249
Jamiyat
94929
Jamiyat
91032
Jamiyat
75804
Jamiyat
//
Izoh yo‘q