Sport
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov RIA Novostiga bergan intervyusida O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 oldidan Rossiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi.
“Yo‘q, (bu masala) ko‘rib chiqilmayapti”, deya javob bergan Ermatov jamoalar o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy o‘rtoqlik o‘yini haqida berilgan savolga.
Ma’lumot uchun, joriy yil O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi. AQSj, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan turnirda milliy jamoa Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Uchinchi raqib nomi hozircha aniq emas. Bu Yangi Kaledoniya, Yamayka yoki Kongo Demokratik Respublikasi jamoalaridan biri bo‘lishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112131
Jamiyat
94815
Jamiyat
90864
Jamiyat
75658
Jamiyat
//
Izoh yo‘q