Nodirbek Abdusattorov nufuzli turnirda chempion bo‘ldi

Saqlash
09:21 / 02.02.2026 52 0

Shaxmat olamidagi eng nufuzli turnirlardan biri — an’anaviy tarzda Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida o‘tkaziladigan Tata Steel Chess 2026 musobaqasida Nodirbek Abdusattorov chempionlikni qo‘lga kiritdi.

 

 

Turnir davomida raqiblariga qarshi partiyalarni ishonchli o‘tkazib, barqaror va mazmunli o‘yin namoyish etgan o‘zbekistonlik grossmeyster yakunda hindistonlik shaxmatchi Arjun Erigaisini qora donalardan turib taslim etdi. U mazkur musobaqa davomida dahshatli 2862 performans bilan 9/13 ochko to‘plagan.

 

 

Ma’lumot uchun, Abdusattorov 2023 (2-o‘rin), 2024 (3-o‘rin), 2025-yillarda (3-o‘rin) ham chempionlikka juda yaqin kelgan edi. Bu yil esa u o‘z maqsadiga erishdi. Shu bilan o‘zbekistonlik shaxmat ustasi jahon reytingida kuchli beshlikka mustahkam joylashdi.

 

 

Shuningdek, Javohir Sindarov ham turnidirda yaxshi ishtirok etdi. U so‘nggi matchda Tai Dai Van Nguyenga qarshi qora donalarda g‘alaba qozondi va 2-o‘rinni egalladi. U 13 imkoniyatdan 8,5 ochko jamg‘arishga erishgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//