Abduqodir Husanov IFFHS’ning 2025-yilgi ramziy terma jamoasiga kiritildi

Saqlash
09:00 / 28.01.2026 68 0

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 2025-yilgi ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov ham joy oldi.

 

Ramziy terma jamoaga quyidagi futbolchilar kiritildi:

 

Darvozabon: Zion Suzuki — “Parma” (Yaponiya); Himoyachilar: Reo Hatate — “Seltik” (Yaponiya), Kim Min Jae — “Bavariya” (Janubiy Koreya), Abduqodir Husanov — “Manchester Siti” (O‘zbekiston); Yarim himoyachilar: Kang In Li — “PSJ” (Janubiy Koreya), Muhammad Kanno — “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni), Kaishu Sano — “Mayns” (Yaponiya), Ritsu Doan — “Ayntraxt” (Yaponiya); Hujumchilar: Salem Al-Davsari — “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni), Son Hyon Min — “Los-Anjeles”(Janubiy Koreya), Takefusa Kubo — “Real Sosyedad” (Yaponiya).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//