Jamiyat
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida otasiga qoʻl koʻtarib, uning koʻzlarini qontalash qilgan 31 yoshli oʻgʻilga sud hukmi oʻqildi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida maʼlum qilindi.
Taʼkidlanishicha, ota-oʻgʻil oʻrtasida bundan oldin ham bir necha bor janjal sodir boʻlgan. Xususan, bir safar oʻgʻil oshxona pichogʻi bilan otasiga hamla qilgan.
“Bizni uyda oddiy gaplashib boʻlmaydi. Albatta, baland ohangda gapirilishi kerak, shu narsalarni koʻrib katta boʻlganmiz. Otam ham dadasini urgan, oddiy narsa boʻlib qolgan bu. Kim qanaqa tushunadi, bilmadim-u, bu narsa menga oddiy hol boʻlib qolgan”, – deydi oʻgʻil.
Ota-oʻgʻilning soʻnggi janjalidan keyin uy egasining ahvoli yomonlashgan. Oʻsha kuni tez yordam xizmati otaga birinchi yordamni koʻrsatgan va oʻgʻil kasalmand otasini oʻzi urganini tan olgan. Holat boʻyicha IIBga xabar berilgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudining ochiq sud majlisida Jinoyat kodeksining 104 va 105-moddalari boʻyicha ayblanuvchining ishi koʻrib chiqilgan. Otasiga qoʻl koʻtargan oʻgʻil Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilgan va 2 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazoni oʻtash uchun manzil koloniyalarga yuborish belgilangan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q