Sport
Qatar poytaxti Doha shahrida oʻtkazilgan stenddan oʻq otish boʻyicha Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 tadan oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Dunyo nashri xabar berdi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻsmirlar toifasida gʻolib boʻlgan Oxunjon Abduqodirovning natijasi alohida eʼtirof etilgan – u chempionatda yangi jahon rekordini oʻrnatdi.
Shuningdek, Yaroslava Eshtayeva kumush medalga sazovor boʻldi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi jamoaviy bahslarda esa Oxunjon Abduqodirov, Azamat Qayumov va Shohrux Sadirov bronza medalini qoʻlga kiritdi.
“Qitʼa birinchiligidagi mazkur natijalar oʻzbekistonlik merganlarning tayyorgarligi va xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqladi”, deya yozadi nashr.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112438
Jamiyat
95099
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q