Jamiyat
Oʻzbekistondagi ayrim togʻ tizmalari, togʻ va choʻqqilar nomlari davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtiriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 9-yanvardagi qarorida koʻzda tutilgan.
Roʻyxatdan Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpogʻistonda joylashgan 121 ta choʻqqi, togʻ va togʻ tizmalari oʻrin olgan.
Xususan, Qoraqalpogʻistondagi Karatau togʻi Qoratov, Andijondagi Chilustun togʻ tizmasi Qirqustun, Qashqadaryodagi Chakilikalan togʻ tizmasi Katta Chaqil, Samarqanddagi Chalduktaran togʻi Qirqqiz, Toshkent viloyatidagi Pskem togʻ tizmasi Piskom, unda joylashgan Pingvin choʻqqisi esa Temirtosh deb oʻzgartirildi.
Endilikda normativ-huquqiy hujjatlar, xaritalar, ish yuritish hujjatlari va xizmat yozishmalarida ushbu qaror bilan tasdiqlangan nomlardan foydalanilishi belgilandi.
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi ikki oy muddatda togʻ tizmalari, togʻ va choʻqqilar nomlarining davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilishi, yangi nom berilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar, xaritalar hamda maʼlumotlar bazalariga oʻzgartirishlar kiritadi.
Shuningdek, togʻ tizmalari, togʻ va choʻqqilarda oʻrnatilgan peshlavhalar hamda axborot koʻrsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yozilishini taʼminlaydi.
Oldinroq, hukumatning 17-oktyabrdagi qaroriga muvofiq “Oʻzbekiston temir yoʻllari”ga qarashli barcha vokzal, stansiya va o‘tuvlar nomlari, 10-noyabrdagi qaror bilan Oʻzbekistondagi ayrim daryolar, soylar, koʻllar, buloqlar, sharsharalar, suv omborlari va sel suv omborlarining nomlari, 9-yanvardagi qaror bilan esa aeroportlar, avtovokzallar va avtostansiyalarning nomlari davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilishi belgilangandi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110617
Jamiyat
94414
Jamiyat
90306
Jamiyat
74071
Jamiyat
//
Izoh yo‘q