Sport
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Liga Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Nyukasl” — “Manchester Siti” uchrashuvida (0:1) asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi.
Husanov o‘yin davomida 76 marta to‘pga tegindi. Futbolchi bu vaqt ichida jami 62 marta uzatma amalga oshirgan bo‘lib, shulardan 58 tasi aniq manzilga yetib bordi — 94 foiz. Shuningdek, u 26 marta uzoq masofaga uzatmani amalga oshirdi. Ulardan 25 tasi aniq bo‘ldi — 96 foiz. O‘zbekistonlik himoyachi Sofascore tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va 8,1 ball bilan baholadi.

Abduqodir Husanovning himoyadagi harakatlari:
– Himoyaviy harakatlar: 10 marta
– Faol kurash orqali to‘pni olib qo‘yish: 4 marta (3 tasi muvaffaqiyatli)
– Tozalashlar: 6 marta
– To‘pni qaytarib olish: 4 marta
– Maydondagi kurashlar: 5 marta (4 tasi muvaffaqiyatli)
– Havodagi kurashlar: 2 marta (bittasi muvaffaqiyatli)
– Xavfli vaziyatda to‘pni qaytarib olish: 1 marta
Sofascore tomonidan uchrashuvdagi birinchi gol muallifi Antonio Semenyo — 6,5 ball, darvozabon Jeyms Trafford — 7,4 ball, himoyachi Maks Alleyn — 7,1 ball, ikkinchi golni kiritgan Rayan Sherki — 7,7 ball bilan baholadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112232
Jamiyat
94909
Jamiyat
91001
Jamiyat
75779
Jamiyat
//
Izoh yo‘q