U-23 Osiyo kubogida O‘zbekiston Livanni mag‘lub etdi

Saqlash
21:18 / 07.01.2026 71 0

Bugun Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 2026-yilgi U-23 Osiyo kubogida o‘z yurishini boshladi. Livanga qarshi kechgan bahsda jamoa 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv Ar-Riyod shahridagi “Shahzoda Faysal bin Fahd” stadionida bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur bahsda hisob 23-daqiqada Amirbek Saidov tomonidan ochildi. 50-daqiqada Ravshan Xayrullayev, 57-daqiqada esa Sardorbek Bahromov gol urib, O‘zbekistonning ustunligini yanada mustahkamladi. 65-daqiqada raqib futbolchisi Leonardo Shahin hisobni qisqartirdi. 90+5-daqiqaga kelib Shahin dublga erishdi va jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi — 3:2.

 

Ushbu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston “C” guruhida 1-o‘ringa ko‘tarildi. Guruhdagi dastlabki uchrashuvda Janubiy Koreya va Eron jamoalari o‘zaro durang o‘ynadi — 0:0.

 

Ma’lumot uchun, 2028-yilgi Los Anjelos Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mazkur turnirda O‘zbekiston U-21 terma jamoasi ishtirok etmoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//