Jahon
14-yanvar kuni Dushanbeda o‘zbek va tojik adabiyotining buyuk namoyandalari Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy haqidagi film ssenariysining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Film konsepsiyasi ijodiy guruh tomonidan tasdiqlanib, bu ikki siymoning ijodi kinoijodkorlarning e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Kinokartina syujeti "Ikkinchi Renessans" davrini qamrab oladi. Suratga olish ishlari ikki buyuk shoir hayotida muhim o‘rin tutgan joylarda olib boriladi.
“Bizga shunday taklif berildiki, unga ko‘ra ikki davlat kinoijodkorlari birlashishi va nafaqat mamlakatlarimiz va xalqlarimizning tarixiy mushtarakligini, balki ikki qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik g‘oyasini targ‘ib qilishga xizmat etuvchi kinokartina yaratishi kerak”, – dedi kinorejissyor Furqat Usmonov.
“Kinokartina tarixga, tarixiy faktlarga asoslanishi lozim. Ikki buyuk shoir bilan bog‘liq voqealar barchaga ma’lum. Shuning uchun oldimizga qo‘yilgan vazifa juda ham murakkab. Dramaturgik va kinematografik fantaziyadan tashqari, tarixiy haqiqatni ham e’tiborga olish lozim, – dedi Tojikiston Kinoijodkorlari uyushmasi raisi, “Jomiy va Navoiy” filmi ssenariy muallifi Safar Xaqdodov.
Ushbu film O‘zbekiston va Tojikiston madaniy hayotida 30 yil ichida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilk loyiha hisoblanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q