Sport
O‘zbekiston Sport vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Milliy sport mukofoti — 2025” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda turli nominatsiyalar bo‘yicha yil davomida eng yuqori natijalarga erishgan sportchilar va mutaxassislar taqdirlandi.
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jo‘rayev yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. U 2025-yilda o‘tkazilgan Osiyo va Jahon chempionatlari, shuningdek Islom birdamlik o‘yinlarida ishtirok etib, barcha nufuzli musobaqalarda oltin medallarni qo‘lga kiritdi hamda jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
“Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” nominatsiyasida bokschi Navbahor Hamidova g‘olib bo‘ldi. U joriy yilda o‘tkazilgan World Boxing Jahon chempionatida kumush medalni, Jahon kubogida esa oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi” nominatsiyasida g‘olib deb topildi. 2025-yilda mamlakatda futbolni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar munosib baholandi.
Shuningdek, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va jamoa darvozaboni Ne’matulloh Rustamjonov ham alohida taqdirlandi. O‘FA muxlislar bilan ishlash bo‘limi yetakchisi Abdurahmon Fozilov esa “Eng yaxshi sport targ‘ibotchisi” nominatsiyasi sovrindori bo‘ldi.
Karate bo‘yicha Jahon chempioni Gulshan Alimardonova “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida g‘olib chiqdi. U Misrning Qohira shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida -50 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu natija orqali Alimardonova O‘zbekiston sporti tarixida ayol karatechilar orasida ilk Jahon chempioni sifatida qayd etildi.
Bundan tashqari, 16 yoshli Husniya Olimjonova yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi deb topildi. U Dubay shahrida o‘tkazilgan V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida ishtirok etib, 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Olimjonova o‘smirlar toifasidagi bahslarda yugurish (100 m, 200 m, 400 m, 800 m, 1500 m), yadro uloqtirish, balandlikka sakrash va uzunlikka sakrash yo‘nalishlarida ishtirok etib, ularning barchasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.


.jpeg)

Sport
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110126
Jamiyat
94330
Jamiyat
90205
Jamiyat
73560
Jamiyat
//
Izoh yo‘q