Jamiyat
Qoraqalpogʻistonning Nukus shahrida fuqaro oʻz uyida Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan sut emizuvchilar toifasiga kiruvchi 3 bosh jayronni saqlayotgani maʼlum qilindi. Bu haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya qoʻmitasining Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shaharning A.Begimov koʻchasida yashovchi fuqaro oʻz uyida jayronlarni boqib kelayotgani maʼlum boʻlgach, 14-yanvar kuni ishchi guruh tomonidan vaziyat oʻrganilgan. Natijada haqiqatan ham mazkur manzilda sut emizuvchilar turiga kiruvchi 3 bosh jayron borligi aniqlangan.
Shundan soʻng fuqaroga yovvoyi hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan boshqa joylarga koʻchirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish taqiqlangani boʻyicha tushuntiruv ishlari olib borildi.
Ayni vaqtda 3 bosh jayron Davlat ekologiya qoʻmitasining Quyi Amudaryo davlat Biorezervatining «Nazarxan» OFYda joylashgan volerda vaqtincha saqlash uchun olib borilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112208
Jamiyat
94885
Jamiyat
90974
Jamiyat
75753
Jamiyat
//
Izoh yo‘q