Siyosat
Abdulaziz O‘rolboyevich Oqqulov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Abdulaziz Oqqulov 1985-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2007-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2005-yilda “O‘zstandart” agentligida mutaxassis lavozimidan boshlagan. 2006–2017-yillarda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasida turli lavozimlarda ishlagan.
2017–2018-yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i, 2018-yilda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, 2018–2020-yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, 2020–2022-yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari (keyinroq Turizm va sport vaziri o‘rinbosari) lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2022-yildan buyon O‘zbekistonning BAAdagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlayotgandi.
Shuningdek, Umid Rustamovich Shodiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mazkur qo‘mita raisi lavozimidan ozod etilgan.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112437
Jamiyat
95098
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q