Iqtisod
O‘zbekistonda Yangi yil bayrami arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshirilishining oldini olish choralari ko‘rilmoqda. Raqobat qo‘mitasi yirik chakana savdo tarmoqlarini bayram kunlari oldidan narxlar barqarorligini ta’minlash muhimligi haqida rasman ogohlantirdi.
Bayram arafasida aholi tomonidan ayrim ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlariga talab keskin ortishi kuzatiladi. Shu sababli, narxlarni sun’iy ravishda oshirish holatlarining oldini olish, bozorda sog‘lom raqobat muhitini saqlash asosiy vazifa etib belgilangan.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan yirik chakana savdo tarmoqlariga tegishli ko‘rsatmalar yuborilgan. Ular orasida “Korzinka”, “Makro”, “Havas”, “Baraka”, “Magnum”, “Assorti”, “B1” va “Magnit” kabi savdo tarmoqlari bor.
Ularga mahsulot yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirish, logistika xarajatlari oshishi yoki boshqa omillar yuzaga kelgan taqdirda bu haqda Qo‘mitani tezkor ravishda xabardor qilib borish vazifasi belgilangan.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
110076
Jamiyat
94314
Jamiyat
90180
Jamiyat
73506
Jamiyat
//
Izoh yo‘q