Sport
Joriy yilning 16–21-dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida 9–17 yoshgacha o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha (rapid va blits yo‘nalishlarida) Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. 33 davlatdan 314 nafar sportchi ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 36 nafar iqtidorli shaxmatchi bilan qatnashdi.
Ta’kidlanishicha, jami 12 ta medalni (5 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza) qo‘lga kiritgan bo‘lib o‘zbekistonlik yoshlar umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan.
Medal sohiblari:
▪️ Omonov Asrorjon (U-17) — Rapid oltin;
▪️ Begmuratov Humoyun (U-15) — Rapid oltin, Blits bronza;
▪️ Olimova Ruqiya (U-15 qizlar) — Rapid oltin;
▪️ Halilova Madinabonu (U-17 qizlar) — Rapid kumush, Blits oltin;
▪️ Komiljonova Lazizabonu (U-13 qizlar) — Blits oltin;
▪️ Botiraliev Abdimajid (U-13) — Rapid kumush;
▪️ Hikmatxonova Mohinur (U-13 qizlar) — Blits bronza;
▪️ Husnitdinova Husnoraxon (U-11 qizlar) — Blits bronza;
▪️ Abduhakimov Akbarali (U-17) — Blits bronza.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112438
Jamiyat
95099
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q