Iqtisod
Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida “2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Qayd etilganidek, mazkur Qonunning maqsadi 2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Senatorlar taʼkidlaganidek, 2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida aholi turumush darajasini yaxshilash, xalq farovonligini yuksaltirish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilish, fuqarolarning sog‘liqni saqlash tizimi bilan qamrovini kengaytirish va sifatli taʼlimga ega bo‘lish kabi ijtimoiy soha maqsadlariga ustuvorlik berilgan.
Jumladan, Davlat budjeti xarajatlarining qariyb 55 foizi yoki 220,0 trln so‘mi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda. Davlat budjeti xarajatlari tarkibida taʼlim sohasi uchun 100 trln so‘m nazarda tutilgan, tibbiyot sohasiga esa 49 trln so‘m yoki joriy yilga nisbatan 11,4 foizga oshirilmoqda.
Qonunga asosan kelgusi yilda inflyatsiya darajasi 7 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
2026-yilda Davlat budjeti xarajatlari 402,6 trln so‘mni, daromadlari esa 368,9 trln so‘mni tashkil etmoqda. Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari esa 78,6 trln so‘m, xarajatlari 74,4 trln so‘m (byudjetlararo transfertlar hisobga olinmagan holda) miqdorida rejalashtirilmoqda.
Xususan, mazkur Qonunda 2026-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 515,8 trln so‘m, xarajatlar esa 567,6 trln so‘m miqdorida shakllantirilgan. Bunda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshmasligi vazifasi nazarda tutilgan.
Muhokama jarayonida senatorlar byudjet daromadlarini oshirish va byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishga alohida eʼtibor qaratdi.
Senatorlar o‘z chiqishlarida 2026-yilda makroiqtisodiy siyosat sohasida ustuvor etib belgilagan vazifalarni bajarish, ijtimoiy muammolarni hal qilish, mahallalar infratuzilmasini takomillashtirish va davlat dasturlarida nazarda tutilgan boshqa muhim tadbirlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligini qayd etdi.
Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Ilm-fan
109996
Jamiyat
94293
Jamiyat
90150
Jamiyat
73432
Jamiyat
//
Izoh yo‘q