Jahon
Buyuk Britaniyaning nufuzli The Economist nashrining Qozogʻistondagi voqealarga baho bergan maqolasida Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi yaxshi oʻzgarishlar roʻy berayotgan davlat ekani haqida taʼkidlandi.
Nashr sharhlovchilari korrupsiyalashgan tuzumni Qozogʻiston inqirozining asosiy sababi deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, quyidagi muammolar Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlariga xos ekanligi taʼkidlanadi:
➖ xomashyo tovarlari eksportiga qaramlik;
➖ aholining sezilarli mehnat migratsiyasi;
➖ iqtisodiyotdagi beqarorlik;
➖ uyushgan jinoyatchilik.
Maqolada, shuningdek, zarur islohotlarning yoʻqligi beqarorlikning manbai sifatida taʼkidlanadi.
Biroq nashrning taʼkidlashicha, 2016-yilda hokimiyat tepasiga kelgan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev:
➖ majburiy mehnat amaliyotiga barham berdi;
➖ oddiy fuqarolarga koʻproq shaxsiy erkinlik berdi;
➖ mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qildi.
Bu, The Economist sharhlovchilariga koʻra, ijobiy oʻzgarishlar boʻlishi mumkinligi haqidagi yaxshi xabar.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109632
Jamiyat
94025
Jamiyat
89785
Jamiyat
72945
Jamiyat
//
Izoh yo‘q