Siyosat
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Prezident Jizzax viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Ulug‘bek Mustafoyev nomzodini ilgari surdi.
Xalq deputatlari va viloyat faollari nomzod haqidagi fikrlarini bildirdilar. Shundan so‘ng viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi.
Davlat rahbari yangi hokim bildirilgan ishonchni oqlab, keyingi yilda viloyatga 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelish, eksportni 500 million dollarga yetkazish, 175 ming odamni ishli qilish, 15 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish borasida qattiq ishlashi kerakligini ko‘rsatib o‘tdi.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112417
Jamiyat
95075
Jamiyat
91289
Jamiyat
75987
Jamiyat
//
Izoh yo‘q