Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi.
“Biz oldimizga yuksak marralarni qoʻyib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida astoydil mehnat qilyapmiz, yangiliklar yaratyapmiz va natijalarga erishyapmiz. Viloyatni qanday ogʻir sharoitlardan olib chiqqanimizni, Jizzaxning har bir tumanida boʻlayotgan katta-katta oʻzgarishlarni, odamlarning xursandchiligini koʻrib, juda quvonaman va faxrlanaman”, – dedi davlat rahbari soʻzining avvalida.
Oʻtgan davrda Jizzax viloyati respublikadagi sanoati eng tez oʻsayotgan hududga aylandi. Sakkiz yilda 6,5 milliard dollarlik investitsiya loyihalari ishga tushgan boʻlsa, shuning 45 foizi sanoat hissasiga toʻgʻri keladi.
Masalan, Sharof Rashidov, Gʻallaorol, Forish, Zomin tumanlari va Jizzax shahrida 2,3 milliard dollarlik 560 ta loyiha ishga tushdi. Bugungi kunda ushbu tumanlar viloyat sanoatining 70 foizini taʼminlamoqda.
“Ilgari avtomobilsozlik deganda hamma faqat Asakani tushunardi. Hamkorlarimiz bilan Jizzaxda ham yiliga 175 ming avtomobil ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi”, – dedi Prezident.
Jizzax politexnika institutining Muhandislik maktabi ochildi. Bu yerda har yili 300 nafar viloyat yoshlari dual taʼlim asosida zamonaviy muhandis boʻlib chiqadi.
Ushbu institut Vengriyaning mashhur Abuda universiteti boshqaruviga berilib, unda nafaqat avtosanoat uchun, balki elektrotexnika, transport, qurilish va qurilish materiallari, qishloq xoʻjaligida muhandislar, sunʼiy intellekt boʻyicha mutaxassislar tayyorlash ham yoʻlga qoʻyilishi taʼkidlandi.
Qisqa fursatda Zomin, Forish, Arnasoy tumanlari va Jizzax shahrida 2 milliard dollarlik 500 dan ziyod turizm va servis obyektlari ish boshladi. Arnasoy va Zominda 300 million dollar hisobiga 12 oy davomida toʻliq ishlaydigan kurort zonalari ishga tushgani, ularda aeroportlar barpo etilgani natijasida Jizzax eng jozibador turistik marshrutlardan biriga aylandi.
Sakkiz yil oldin Jizzaxdagi ish oʻrinlarining 42 foizi qishloq xoʻjaligiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, bugun 310 mingga yaqin viloyat aholisi sanoat va servis sohalaridagi yuqori daromadli ishlar bilan band.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
109824
Jamiyat
94191
Jamiyat
90013
Jamiyat
73201
Jamiyat
//
Izoh yo‘q