Siyosat
Albaniya va Burundi davlatlarining O‘zbekistondagi elchilari tayinlandi. Gens Pesani Albaniyaning, Jozef Nkurunziza esa Burundining yangi elchilari bo‘ldi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.
“Albaniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Gentz Petsani janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik.
Suhbatimiz o‘zaro savdo, investitsiyalar, turizm, ta’lim va madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratildi. Shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash hamda ikki tomonlama sheriklikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladigan yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida umumiy intilishlarimizni ifoda etdik”, deb yozmoqda vazir o‘z sahifasida.
.png)
Baxtiyor Saidov Burundi davlatining O‘zbekistondagi birinchi elchisi Jozef Nkurunzizaga ham ishonch yorlig‘ini topshirdi va quyidagicha fikrlarini qoldirdi: “Muzokaralarimiz samarali va kelajakka yo‘naltirilgan bo‘lib, davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanayotgan salohiyati haqida fikr almashdik. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalarini ham ko‘rib chiqdik. Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”.
.png)
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
109806
Jamiyat
94177
Jamiyat
89995
Jamiyat
73187
Jamiyat
//
Izoh yo‘q