Jamiyat
Prezidentning kasbiy ta’lim tizimida islohotlar amalga oshirishga qaratilgan qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, 2030-yilgacha 9-sinf bitiruvchilarining texnikumlar bilan qamrovi 29 foizdan 50 foizga, dual ta’lim, ya’ni ish joyida o‘qitish ulushi esa 9 foizdan 40 foizga yetkaziladi.
2026-yildan maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab, o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish tizimi joriy qilinadi. Bunda 5 yoshdan — Atrofimizdagi kasblar o‘yinlari, 1–4-sinflarda — Kasblar alifbosi, 5–6-sinflarda — Kasblar olami, 7–9-sinflarda esa Mening kelajakdagi kasbim fanlari joriy qilinadi. 2028-yildan 9-sinf yakuniy imtihonlari natijasiga ko‘ra, o‘quvchilar texnikumlarga yo‘naltiriladi.
Kelasi yildan ishlab chiqarish ta’limi ustalarining maoshi birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarnikiga tenglashtiriladi va har ustaning o‘quvchilari soni 20 nafardan oshmaydi.
Texnikum direktorlariga ustalar uchun ajratilgan ish haqi fondi doirasida eng kam oylik ish haqining 15 baravarigacha oylik belgilash vakolati beriladi. Shuningdek, har yili eng yaxshi 50 nafar usta va o‘qituvchi xorijda malaka oshiradi.
Dual ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilarga har oy BHMning 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi. Ushbu davr mehnat stajiga qo‘shiladi. Dual ta’limni tashkil etgan ish beruvchilarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.
Shu bilan birga, 2026-yildan boshlab prezident sovrini uchun “Kasbiy mahorat milliy tanlovi” o‘tkaziladi. Milliy reytingda eng yuqori 50 talikka kirgan texnikumlarning har biri BHMning 3000 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.
Qaror bilan 2030-yilgacha texnikumlarni tugatish, ularning yer maydonlari va binolarini xususiylashtirishga moratoriy e’lon qilinib, kelasi yil 1-sentyabrdan 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarda to‘liq davlat byudjeti hisobidan o‘qishi, 11-sinfni bitirgan talabgorlar esa to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi belgilandi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109653
Jamiyat
94038
Jamiyat
89812
Jamiyat
72967
Jamiyat
//
Izoh yo‘q