Xitoydan Toshkentga 202 ta yangi Yutong elektrobusi olib kelindi

Saqlash
11:24 / 14.10.2025 40 0

Toshkent shahar jamoat transporti tizimini rivojlantirish, ekologik toza va energiya tejamkor transport vositalarini joriy etish doirasida 13-noyabr kuni “Yutong” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 202 dona zamonaviy elektrobus “Toshshaxartransxizmat” AJga topshirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

 

Ushbu elektrobuslar ekologik toza elektrobuslar shahar atrof muhitini yaxshilash va jamoat transporti tizimini rivojlantirishga muhim hissa qoʻshadi.

 

Yangi elektrobuslar kalitini tantanali topshirish marosimda Toshkent shahar hokimi, Transport vaziri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Jamoatchilik kengashi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari va blogerlar ishtirok etdi.

 

Qayd etilishicha, 2025-yilning ikkinchi choragida poytaxt jamoat transporti orqali kunlik yoʻlovchi tashish hajmi 1,4 million kishiga yetgan. Bu koʻrsatkich xizmat hajmini 27 foizga oshishini taʼminladi.

 

Yoʻnalishlarning umumiy uzunligi ham 2 945 kilometrdan 2 990,8 kilometrgacha kengaytirildi. Bu oʻzgarishlar natijasida jamoat transportining oʻrtacha tezligi 18 kilometr/soatdan 21 kilometr/soatgacha oshdi.

 

Xarid qilingan 202 dona elektrobus va ular uchun oʻrnatilgan 100 dona quvvatlash uskunalari jamiyatda ekologik toza transport ulushining sezilarli darajada ortishiga xizmat qiladi. 2030-yilgacha boʻlgan rivojlanish strategiyasida 1 200 dona elektrobus xarid qilish rejalashtirilgan. Natijada jamoat transporti parklarida elektrobuslar ulushi 50 foizdan 63 foizgacha yetadi.

 

Soʻnggi yillarda Toshkent shahri jamoat transporti harakat tarkibini yangilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijasida avtobuslardan havoga chiqadigan zararli moddalar miqdori oyiga 93,3 tonnaga kamaygan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//