Jamiyat
Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 357-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Nozimaxon Qadamova xalqaro IELTS imtihonidan maksimal natija – 9.0 ballni qo‘lga kiritdi.
2008-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Nozimaxon 2023 yildan beri ingliz tilini o‘rganib keladi.
U qayd etgan natija quyidagicha:
▪️ Listening — 8.5;
▪️ Reading — 9.0;
▪️ Writing — 9.0;
▪️ Speaking — 8.5;
Endilikda u bu yutug‘i bilan O‘zbekistonda IELTSdan maksimal ballni qo‘lga kiritgan eng yosh o‘quvchi hisoblanadi.
“Qadamova Nozimaning bunday yuqori natijaga erishishi nafaqat uning shaxsiy tirishqoqligi va iqtidori, balki maktabimizning malakali pedagoglari tomonidan berilgan sifatli ta’limning natijasidir. Biz bunday yutuqlar bilan faxrlanamiz va barcha o‘quvchilarimizni kelgusida ham shunday zafarlar quchishlariga tilakdoshmiz!” – deyiladi maktab ma’muriyati xabarida.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
111045
Jamiyat
94512
Jamiyat
90454
Jamiyat
74516
Jamiyat
//
Izoh yo‘q