
Jamiyat
O‘zbekistonda suvni tejash bo‘yicha butunjahon forumi o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi umumsiyosiy munozaralaridagi nutqida to‘xtaldi.
Yana bir muhim muammo – bu suv resurslarining taqchilligidir, deyiladi ma’ruzada. Hozirda dunyo aholisining ikki milliarddan ortig‘i toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega emas.
“Biz mamlakatimizda Suvni tejash bo‘yicha butunjahon forumini o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Mazkur anjuman yakunlari bo‘yicha Suv inqirozini barqaror taraqqiyot uchun jiddiy tahdid sifatida belgilash mo‘ljallanmoqda. Bu borada global darajada innovatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish niyatidamiz.
Ekologik o‘zgarishlarning yana bir salbiy ko‘rinishi – iqlim migratsiyasining kuchayib borayotganidir. Afsuski, ushbu yo‘nalishda aniq xalqaro mexanizmlar va huquqiy baza hanuzgacha yaratilmagan. Biz bu jiddiy masalada keng xalqaro sheriklik va muvofiqlashtirilgan siyosat yuritish bo‘yicha Global pakt qabul qilish tarafdorimiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q