
Jamiyat
Yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha harorati pasaya boshlaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Juma va shanba kunlari respublikaning katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +30…+35 daraja atrofida, janubda kunduzi +37…+39 darajagacha bo‘ladi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat +20…+25 darajagacha pasayadi.
12-sentyabr kuni kunduzi shimolda va cho‘l hududlarda, dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Yakshanba kuni havo harorati kunduzi +25…+30 darajadan, janubda +33…+35 darajadan yuqori bo‘lmaydi.
Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 10−12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati juma kuni +33…+35 daraja, shanba kuni +31…+33 daraja, yakshanba kuni +27…+29 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +16…+19 daraja bo‘ladi.
Keyingi haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga salqin havo kirib kelishi davom etadi. Havo harorati kechalari +10…+15 darajagacha, kunduz kunlari +20…+25 darajagacha pasayadi.
Respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q