
Jamiyat
Strategiya doirasida ishlab chiqarish jarayonlari optimallashtirilib, tannarxni kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida benzin ishlab chiqarish hajmi ortib, narx kamaytirildi. Bu haqida “O‘zbekneftgaz” AJ xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Buxoro NQIZda ishlab chiqarilgan AI-92 rusumli avtobenzinning birja savdolaridagi 1 tonnasiga qo‘yilgan boshlang‘ich narx birinchi bosqichda 12 mln 881 ming so‘mdan 12 mln 628 ming so‘mga tushirilgan.
“Bu esa o‘z navbatida, 1 litr AI-92 rusumidagi avtobenzinning birjadagi boshlang‘ich narxi 9 400 so‘m degani”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, bu nafaqat iste’molchilar uchun qulay narx, balki butun bozorga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xabarda yozilishicha, “O‘zbekneftgaz” ichki bozorni rivojlantirish va iste’molchilar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuqori oktanli yoqilg‘i narxlarini bosqichma-bosqich pasaytirish ishlarini davom ettiradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q