
Ilm-fan
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimlari tomonidan “Ulug‘bek Ziji” (yoki “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”) asari ilk bor o‘zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida nashr etildi, deb xabar berdi Fanlar Akademiyasi.
Ma’lumot uchun, asar XV asrning buyuk astronomik merosi bo‘lib, u Amir Temurning nabirasi, Movarounnahr sultoni Mirzo Ulug‘bek (1394–1449) boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan yaratilgan.
Asar to‘rt qismdan iborat bo‘lib, birinchisida xronologiya va taqvimlar, turli xalqlarning yil hisobi, ikkinchi qismda sferik astronomiya va matematik geografiya masalalari hamda matematik va geografik jadvallar berilgan.
Uchinchi qism sayyoralar harakati va yulduz astronomiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 1014 ta yulduzning katalogi keltirilgan.
To‘rtinchi qism astrologiya, ya’ni munajjimlar bashorati tavsifiga oid.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q