Siyosat
Ijro intizomini samarali tashkil etishda davlat organlari rahbarlarining maʼsuliyati yanada oshiriladi. Bu haqda Huquqiy axborot telegram kanalida maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab:
- davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar alohida tuzilma sifatida bevosita birinchi rahbarlar boʻysunuviga oʻtkaziladi;
- davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tuzilmasi xodimlarining Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligida reja-jadval asosida har uch yilda bir marotaba malakasini oshirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilish boʻyicha yangi tartib joriy etilishi munosabati bilan
- Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi negizida 20 ta shtat birligidan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tashkil etiladi.
Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini baholash amaliyoti joriy etiladi.
                  Jamiyat
                  Madaniyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
             109690
          Jamiyat
             94076
          Jamiyat
             89858
          Jamiyat
             73011
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q