Prezidentni haqoratlashda gumonlangan o‘zbekistonlik shaxs Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Saqlash
09:44 / 25.07.2025 179 0

O‘zbekiston prezidentini haqorat qilish bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik erkak O.Y. Bokudan Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 43 yoshli fuqaro davlatlararo qidiruvga berilib, joriy yilning aprel oyida Ozarbayjonda qo‘lga olingan. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

 

“Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi konvensiya”ga asosan, ayblanuvchining ekstraditsiyasi haqida qaror qabul qilinib, u O‘zbekistonning vakolatli organlariga Ozarbayjon Adliya vazirligi Penitensiar xizmatining maxsus konvoyi kuzatuvida topshirilgan.

 

O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 158-moddasiga ko‘ra, prezidentni omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//