
Siyosat
22-iyul kuni O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya Kobul shahrida “Tolibon” Milliy mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Mulla Muhammad Yoqub bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Ariana News nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda DXX raisining o‘rinbosari Farrux Muxtorov, DXX raisining o‘rinbosari — chegara qo‘shinlari qo‘mondoni Salimjon Hasanov va boshqa rasmiy delegatsiya a’zolari qatnashgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistondagi xavfsizlik holati va iqtisodiy taraqqiyotdan mamnun ekanini, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash muhimligini ta’kidlagan.
Ta’kidlanishicha, Milliy mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro maydonlarda O‘zbekiston hukumatining ijobiy pozitsiyasini e’tirof va ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi aloqalarning kengayib borayotganini qayd etgan.
“Uchrashuvda tomonlar chegara hamkorligi, o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va boshqa tegishli masalalar yuzasidan fikr almashdi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Bahodir Qurbonov Ichki ishlar vazirligining vazifasini bajarayotgan Sirojiddin Haqqoniy bilan ham uchrashuv o‘tkazgan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q