Buxoroda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar aniqlandi

Saqlash
13:02 / 22.07.2025 57 0

Buxoroda sotilayotgan ozdiruvchi qahvalar tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar aniqlanib, ularning savdosiga chek qo‘yildi, deya xabar berdi Davlat xavfsizlik xizmati.

 

DXXng Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida Gʻijduvon tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, 1985-yil tugʻilgan muqaddam sudlangan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

 


Tekshiruvda chet elda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 34 050 dona “KETO COFFEE MIX SLIM COFFEE”, 2790 dona “SLT SLIM LUX COFFEE”, 3000 dona “HOODIA CACTUS SLIMMING COFFEE”, 720 dona “SLIM GREEN COFFEE”, 5280 dona “NATURE COMPLEX LK FAT BURNING”, 1000 dona “LAO SE LON”, 12 132 dona “FIT90 FAT BURNER”, 13 392 dona “REDUKSIN LAYT”, 23 292 dona ““ЦЫНЗИШОУ PLUS” va boshqa turdagi dori vositalari aniqlangan.
 

Qayd etilishicha, “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM xulosasiga koʻra, mazkur dori vositalari tarkibida “sibutramin” moddasi mavjud boʻlib, Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 818-sonli qaroriga koʻra “sibutramin” kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan.

Holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 251-1 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Olib borilayotgan tergov harakatlari doirasida ushbu dori vositalarining xorijdan olib kelinishi bilan bogʻliq vaziyatga oydinlik kiritish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//