Ilm-fan
Prezidentning 2024-yil 19-iyul kuni qabul qilingan farmoniga asosan, majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirilib, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi mazkur tartibni belgilovchi qarori o‘z kuchini yo‘qotdi.
Joriy yilgi qabulda maktab bitiruvchilariga o’rtacha baho qo’shimcha ball sifatida qo’shilmaydi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan, 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarning shahodatnomasidagi 6 yillik baholarning o‘rtachasi test ballariga qo‘shilishi rejalashtirilgan edi. Endi esa prezident farmoni bilan bu tizim butunlay bekor qilindi, ya'ni maktab baholari test sinovlari natijalariga ta’sir qilmaydi va test ballariga qo‘shilmaydi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111054
Jamiyat
94513
Jamiyat
90456
Jamiyat
74526
Jamiyat
//
Izoh yo‘q