Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

Saqlash
12:52 / 18.07.2025 47 0

Adliya vazirligi tomonidan Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

 

Zomin qozon patiri – Jizzax viloyatining Zomin tumanida qadimdan tayyorlanadigan non mahsuloti bo‘lib, alohida qorilgan xamir, mahalliy sut va saryog‘ bilan qozonda pishiriladi. U o‘zining noyob ta’mi va sifat xususiyatlari bilan ajralib turadi.

 

Endi “Zomin qozon patiri” O‘zbekiston davlat reyestrida 20-geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning nomi, sifati va kelib chiqish manbasi qonuniy himoyaga ega bo‘ladi.

 

Bu hududiy brendni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va iste’molchilarga sifatli, original mahsulotni taqdim etishga xizmat qiladi.

 

Geografik ko‘rsatkich – bu mahsulotning ma’lum hududga xosligini va sifatini huquqiy jihatdan himoya qiluvchi belgi. U mahsulotning kelib chiqish joyini, an’anaviy retseptini va o‘ziga xos xususiyatlarini davlat darajasida kafolatlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//